Muloqot chog‘ida Malayziya kompaniyasi ishtirokida O‘zbekistonda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari xususida fikr almashildi.

Raja Arif kompaniya O‘zbekistonda kimyo sanoatida uchta – formaldegid, titan dioksidi va malein kislotasi ishlab chiqarish kabi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.

Uchrashuv yakunida mazkur loyihalarni amalga oshirish yuzasidan amaliy sa’y-harakatlarni boshlash uchun kompaniya rahbariyati va texnik mutaxassislaridan iborat ishchi guruhning O‘zbekistonga safarini uyushtirish to‘g‘risida kelishib olindi.

Sparco Engineering kompaniyasi 2015 yil 10 oktyabrda mamlakatning Selangor shtatida tashkil etilgan. U neft-kimyo sanoatida EPCC yechimlari bo‘yicha Malayziyada yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.