O‘zgartirishlarga muvofiq, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi «A» va «B» sahifalardan iborat.

«A» sahifasida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

• yuqori o‘ng burchakda deklaratsiyaning ro‘yxatdan o‘tkazish raqami ko‘rsatiladi va bojxona organining muhri bosiladi;
• 1-bandda –  harakatlanish turi (kirish, chiqish), qaysi davlatdan kelayotganligi, qaysi davlatga ketayotganligi, deklaratsiya to‘ldirilgan sana;
• 2-bandda –  shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (F.I.O., tug‘ilgan sanasi, jinsi, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash davlati, fuqaroligi, 16 yoshgacha birga harakatlanayotgan shaxslarning mavjudligi (ularning F.I.O. va pasport ma’lumotlari);
• 3-bandda –  bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
• 4-bandda – ekvivalenti 100 mln so‘mdan oshadigan miqdordagi naqd pul ko‘rinishidagi milliy va (yoki) chet el valutasidagi pul mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 

«B» sahifasi faqat «A» sahifasining 3 va 4-bandlari to‘ldirilganda to‘ldiriladi. Ushbu sahifada quyidagilar ko‘rsatiladi:

• 1-bandda – milliy va chet el valutasidagi naqd pul mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
• 2-bandda – har qanday turdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (buyumning nomi, metall turi, og‘irligi, o‘lchov birligi);
• 3-bandda – tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (farqlash xususiyatlari, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat raqami, berilgan sanasi, bergan organ, miqdori, o‘lchov birligi va qiymati);
• 4-bandda – transport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (identifikatsiya raqami yoki davlat raqami belgisi, turi va rusumi);
• 5-7-bandlarda -–taqiqlangan va cheklangan tovarlar, shuningdek tovarlarni bojsiz olib kirish (olib chiqish) normalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.