Ularning ta’kidlashicha, Dmitriyevning tashrifi Rossiyaning 2022 yil fevralida Ukrainaga bostirib kirishidan keyin yuqori martabali rossiyalik amaldorning Vashingtonga birinchi tashrifi bo‘ladi. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh hukumati Davlat departamenti unga kirish vizasi berishi uchun Dmitriyevga qarshi sanksiyalarni vaqtincha bekor qilgan.
RFPI rahbari AQShda tahsil olgan va ishlagan, yaqinda Ar-Riyodda Amerika delegatsiyasi bilan muzokaralarda ishtirok etgan. CNN ta’kidlaganidek, aynan Dmitriyev Uitkoff bilan AQSh fuqarosi Mark Fogelni Rossiyadan ozod qilish ustida ishlagan.
Dmitriyevning o‘zi CNN'ning bo‘lajak tashrif haqidagi materialini X ijtimoiy tarmog‘ida qayta joylashtirdi va uni quyidagicha izohladi: «Balki. AQSh va Rossiya o‘rtasidagi muloqotga qarshilik haqiqatdir — bunga mustahkam manfaatlar va eskicha qarashlar sabab bo‘lgan. Ammo munosabatlarni yaxshilash global xavfsizlik va tinchlik uchun kerak bo‘lsa-chi?» Xabar oxirida amaldor tumshug‘ida zaytun novdasi bo‘lgan, tinchlik ramzi hisoblanuvchi oq kaptarning emodzisini qo‘yib qo‘ygan.











