O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov Bryusselga tashrifi doirasida Yevropa Ittifoqining terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha koordinatori Bartyan Vegter bilan uchrashdi.
Terrorizm va radikallashuv tahdidlariga qarshi kurashish borasidagi hamkorlik masalalari hamda Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
YeI koordinatori O‘zbekiston Markaziy Osiyoda mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash, shuningdek, afg‘on xalqining tinch hayotini tiklashga ko‘maklashishda muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.











