Statistika agentligiga ko‘ra, 2024 yil davomida mamlakat bo‘yicha 21 107 nafar egizak tug‘ilish holatlari FHDYo organlari tomonidan qayd etilgan

Shundan: 

  • o‘g‘il bolalar — 10 630 nafar;
  • qiz bolalar — 10 477 nafarni tashkil qilmoqda.

2024 yil yanvar-dekabr oylarida tug‘ilgan chaqaloqlar otasining yoshi bo‘yicha 10,7 foiz chaqaloqlar otasining yoshi 25 yoshgacha, 82,5 foizining otasi 25-39 yoshlarga hamda 6,8 foiz chaqaloqlarning otasi 40 yosh va undan katta yoshdagilar hissasiga to‘g‘ri kelgan.