Diplomatik missiyadan olingan ma’lumotga ko‘ra, F.R., F.A. va S.M. mahalliy ichki ishlar xodimlari tomonidan pasportlari noqonuniy tarzda olib qo‘yilgani bo‘yicha murojaat qilgan.

O‘rganishlar davomida, shu yil 28 yanvar kuni mahalliy politsiya xodimlari ular turgan mehmonxonaga kelib, ularning pasportlarini olib qo‘ygani va Qozog‘istondan chiqarib yuborish bilan tahdid qilgani ma’lum bo‘ldi.

Olmaota viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mutasaddilari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida, politsiya xodimlarining xatti-harakatlari va talabi noqonuniy bo‘lgani o‘z tasdig‘ini topdi.

Chunki, 2000 yil 7 iyuldagi O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi fuqarolarning o‘zaro sayohatlari to‘g‘risidagi Shartnomaga muvofiq O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston hududida bir oy muddatgacha registratsiyasiz bo‘lishi mumkin.

Ushbu talabdan kelib chiqib, yuqorida nomlari keltirilgan yurtdoshlar Qozog‘iston qonunchiligini buzmagan. Shu bois, hech qanday ma’muriy javobgarliksiz ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarining qaytarilishi ta’minlandi.