10 oktyabr kuni O‘zbekiston va Eron o‘rtasida futbol bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishi munosabati bilan Chilonzor tumanidagi ba’zi ko‘chalarda transport harakati cheklanadi. Bu haqda poytaxt YHXB xabar qildi.
Ko‘cha va chorrahalar:
- Muqimiy va Chilonzor ko‘chalari chorrahasidan, Chilonzor va KHAY ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
- Muqimiy va Arnasoy ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘ponota va Arnasoy ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
- Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasidan Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Cheklov soat 16:00 dan soat 22:00 gacha davom etadi.
«Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz», — deyiladi YHXB xabarida.
Bundan avvalroq Toshkent shahri IIBB futbol muxlislarini «Bunyodkor» stadionida bo‘ladigan uchrashuviga ertaroq kelish va jamoat tartibini saqlashga chaqirgandi. O‘FA muxlislarga maydonga tushish qat’iyan man etilganini eslatgan.











