Biznes-missiya davomida G.D. International Poland Sp. o.o. ulgurji savdo majmuasida o‘zbek to‘qimachilik va poyabzal mahsulotlari savdo uyini ochish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Tashrif davomida "Polsha-Osiyo" Savdo palatasi bilan birgalikda qo‘shma biznes-forum tashkil etildi. Unda 20 dan ziyod O‘zbekiston va Polsha ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi.

Ikki mamlakat vakillari o‘rtasida tashkil etilgan G2B va B2B shaklidagi muzokaralarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari haqida fikr almashildi. O‘zbekiston yengil sanoatini modernizatsiya qilish uchun yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish masalasi ko‘rib chiqildi.