+92 kg vaznda turnirning amaldagi chempioni, o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov germaniyalik Raman Tiafakni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘llanma oldi.
Jalolov 10 avgust kungi finalda ispaniyalik Ayub Al Gadfa bilan to‘qnash keladi.


Shu tariqa, boksda final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonliklar soni 4 nafarga yetdi. Bungacha Hasanboy Do‘smatov (-51 kg), Lazizbek Mullojonov (-92 kg) va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-71 kg) final masalasini ijobiy hal qilishgandi.
8 avgust kuni Abdumalik Xalakovda (-57 kg) yarimfinal jangi bor.












