Kecha, 13 aprel kuni soat 19:50 da Toshkent viloyati FVB Tezkor boshqaruv markaziga viloyatning Bo‘stonliq tumanidagi tog‘larda dam olish uchun borgan 4 nafar fuqaro yo‘ldan adashib qolganliklari haqida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, qidiruv-qutqaruv ishlariga zudlik bilan Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari jalb qilindi.
Qutqaruvchilar tomonidan qisqa vaqt ichida yo‘ldan adashgan fuqarolar tumanning Burchmulla mahallasi hududidagi tog‘larning yuqori qismida ekanliklari aniqlangan.
Samarali sa’y harakatlar natijasida yo‘ldan adashgan 4 nafar fuqaro sog‘-salomat pastga olib tushilgan.











