Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024 yilning yanvar-aprel oylarida tirik tug‘ilgan egizaklar soni 6329 nafarni tashkil etgan. 

Shundan:

  • o‘g‘il bolalar — 3209 nafar; 
  • qiz bolalar — 3120  nafarni tashkil etgan.

O‘zbekistonda 2024 yilning yanvar-aprel oylarida tirik tug‘ilgan chaqaloqlar soni 274,5 ming nafarni tashkil etgan.

Jami tirik tug‘ilgan chaqaloqlarning jinsi bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

  • o‘g‘il bolalar − 142,4 ming nafar;
  • qiz bolalar − 132,1 ming nafar.