Toshkent shahridagi ko‘chalardan birida yalang‘och holda yurgan fuqaroga chora ko‘rilgan. Bu haqda shahar IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 10 martga o‘tar kechasi taxminan soat 02:00 larda 1977 yilda tug‘ilgan A.A. Chilonzor tumani 16-mavzeda mast holatda, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan yalang‘och holatda yurgan.

Ushbu shaxsga nisbatan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan MJtKning 183 va 194-moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudiga taqdim etilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlangan.