Kun.uz manbasiga ko‘ra, G‘ulomov 2024 yilning 13 fevral kuni soat 23:00larda qo‘lga olingan.

U Buxoro viloyati prokuraturasi ish yurituvidagi «Kogon yog‘-ekstraksiya zavodi» AJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan jamiyat ta’sischisi M.I.dan unga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini bekor qilish va jinoyat ishi bo‘yicha yengillik qilib berish evaziga vositachi orqali Buxoro shahar shoshilinch tez tibbiy yordam markazi binosi yaqinida 90 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Buhodir G‘ulomov Kogon tumani prokurori lavozimiga 2022 yil aprelda tayinlangan. U avval Buxoro viloyati prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan.