Hujjat quyidagilarni nazarda tutadi:

  • budjetlashtirish dasturiy tizimini joriy qilishda budjet dasturlarini ishlab chiqish tartibi va muddatlari;
  • budjet dasturining maqsadli ko‘rsatkichlari va ularga qo‘yiladigan talablar;
  • budjet dasturlarini moliyalashtirish manbalari;
  • budjet dasturlarining bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish, shuningdek ularning ijrosi bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash;
  • budjet dasturlarining samaradorligini baholash va ularning realizatsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning shaffofligini ta’minlash.

Budjet dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari:

  • davlat budjetidan har yilgi ajratmalar doirasida aniq maqsadlar va natijalar asosida sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarni (indikatorlarni) shakllantirish;
  • budjet loyihasini tayyorlash va qabul qilishda budjet taqsimlovchilarning moliyaviy mustaqilligini oshirish;
  • budjet dasturlarini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan budjet taqsimlovchilarning jamoatchilik oldida hisobdorligi;
  • ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda belgilangan strategik maqsad va vazifalardan kelib chiqib amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini tahlil qilish va baholash.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga 2024 yil 1 sentabrgacha UzASBO dasturiy kompleksida budjet dasturlarini shakllantirish, tasdiqlash, ro‘yxatga olish va amalga oshirish bo‘yicha hisobotlarni elektron shaklda taqdim etish topshirilgan.