O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Fransiya elchisi Oreliya Bushez bilan uchrashuv o‘tkazdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Fransiya kun tartibining dolzarb masalalari, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish va mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

2023 yil noyabr oyida Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirilishi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Tomonlar 2024 yilga rejalashtirilgan O‘zbekiston-Fransiya muloqotlari jadvali, jumladan, Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 15-davrasini o‘tkazish yuzasidan fikr almashdi.