Loyihaning tushuntirish xatida qonun loyihasi ushbu sohadagi normalarni zamonaviy qonunchilik tendensiyalariga muvofiqlashtirish lozimligidan kelib chiqib ishlab chiqilganligi ko‘rsatilgan.
Amaldagi qonundan farqli ravishda yangi hujjat loyihasi boblardan iborat (9 ta bob). Unda shuningdek:
asosiy tushunchalar (15 ta atamaning ta’rifi);
asosiy prinsiplar:
mustaqillik;
xolislik;
halollik;
professionalizm;
konfidensiallik;
Vazirlar Mahkamasining, vakolatli organ va uning komissiyalarining vakolatlari;
Baholovchilar reyestri va Ekspert xulosalarining yagona reyestrini yuritish tartibi;
faoliyat sifatining ichki va tashqi nazoratini amalga oshirish tartibi va boshqalar aks ettirilgan.
Alohida normalar bilan sohadagi professional birlashmalarning faoliyati tartibga solinmoqda, jumladan:
birlashmalarning o‘z a’zolari tomonidan qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha vakolatlari;
ularning professional etika qoidalarini, metodik materiallarni va sohadagi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish tartibi va boshqalar.











