Bunda, o‘qituvchilar o‘zlariga qulay joy va belgilangan vaqtda diagnostikaga doir topshiriqlarni onlinedu.uz platformasi orqali bajarishi mumkin bo‘ladi.

Diagnostika natijalariga ko‘ra, o‘qituvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyojlari aniqlanadi. O‘qituvchilar tabaqalashgan ta’lim dasturlari asosida kasbiy ehtiyojiga mos malaka oshirish kurslariga jalb etiladi.

Tabaqalashgan ta’lim dasturlarida malaka oshirish kurslarining mazmuni o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

2024 yildan boshlab, yuqori natija ko‘rsatgan o‘qituvchilar onlayn (masofaviy) ta’lim shaklidagi malaka oshirish kurslariga jalb etiladi, past natija ko‘rsatgan o‘qituvchilar offlayn (an’anaviy) shakldagi malaka oshirish kurslariga yuboriladi.

Diagnostika jarayonlari kasbiy ehtiyojlarni aniqlashga qaratilgan bo‘lib, uning natijalari o‘qituvchilarning mehnat faoliyatiga hech qanday huquqiy va moliyaviy ta’sir ko‘rsatmaydi.