Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi yakunlandi.
Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Ozarboyjon, Qozog‘iston va Turkiya davlat rahbarlari tomonidan 10 ta hujjat imzolandi:
- TDT o‘ninchi sammiti deklaratsiyasi;
- «Ostona» akti;
- O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Turk dunyosining oliy ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qaror;
- 6 fevralni TDT doirasida Tabiiy ofat qurbonlarini xotirlash va birdamlik kuni deb e’lon qilish to‘g‘risidagi qaror;
- «Turk dunyosi moliya markazlari to‘g‘risida»gi qaror;
- Turkiy hamkorlik tashkilotlari bayroqlarini uyg‘unlashtirish to‘g‘risidagi qaror;
- Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (IHT) TDT kuzatuvchi maqomini berish to‘g‘risidagi qaror;
- TDT bosh kotibi o‘rinbosari va Turkiy xalqlar madaniyati va merosi jamg‘armasi prezidentini tayinlash to‘g‘risidagi qaror;
- TDT a’zo davlatlar tegishli muassasalarining metrologiya sohasidagi hamkorlik bayonnomasi;
- 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan TDT Transport dasturini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi (yo‘l xaritasi).
Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi 2024 yili Qirg‘izistonda o‘tkaziladi.











