Toshkent shahar hokimligi ma’lum qilishicha, 2026 yil 23 iyul soat 00:00 dan 26 iyul soat 24:00 gacha Sergeli tumanidagi So‘g‘diyona ko‘chasining Yangi Sergeli ko‘chasi bilan kesishmasidan Jaloyir ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi.
Cheklovlar «Mangal Fest 2026» tadbirini xavfsiz va uyushqoq tarzda o‘tkazish maqsadida joriy etilmoqda.
Mas’ullar haydovchilarga yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish, shuningdek, aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qildi.
Keltirilishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raldi.











