O‘zbekistonlik fuqarolarning Qozog‘iston hududida noqonuniy ushlab turilgani hamda ularning majburiy mehnatga jalb qilingani bo‘yicha aniqlangan holat Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi tomonidan nazoratga olindi.
Qayd qilinishicha, holat ikki davlat huquq tartibot organlari tomonidan hamkorlikda o‘rganilishi, aybdor shaxslarga nisbatan huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.
Bundan tashqari, mazkur holatdan jabrlangan shaxslarning hujjatlari qaytarib olinishi, zarur holda qayta tiklanishi, O‘zbekistonga qaytarilishi, zarur tibbiy, ijtimoiy, psixologik xizmat ko‘rsatilishi hamda ularning O‘zbekistonda ish bilan ta’minlanishi Milliy komissiya tomonidan qat’iy nazoratga olinishi aytilmoqda.
Avvalroq, Qozog‘istonning Chimkent viloyatida qullikda ushlab turilgan va g‘isht zavodida ishlatilgan 60 nafar o‘zbekistonlik ozod qilingani haqida xabar berilgan edi.











