“Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2023 yil 1 oktyabrdan “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi amalga oshiriladi.
Quyidagilar “Kichik biznesga ko‘maklashish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatlariga onlayn ariza yuborish orqali dasturda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi:
kamida 1 yil mobaynida ishlayotgan YaTT, dehqon xo‘jaliklari, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, hunarmand, kasanachi, NTT, uch va undan ortiq kishini doimiy ish bilan ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari;
oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida o‘z biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib, ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan shaxslar.










