“O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tadbirlarini o‘tkazishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Fanlar akademiyasining yubiley tadbirlari 2023 yil 12–14 dekabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Shunga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:
- “Ilm-fan – Yangi O‘zbekiston poydevori” mavzusida xalqaro konferensiya;
- Innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi;
- Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga (akademiklikka) tanlov;
- “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tarixi” ekspozitsiyasi.










