Bu yil 1-sinfga chiqishi rejalashtirilgan 732 960 nafar bolalar uchun «Prezident sovg‘asi» xaridi amalga oshirilib, tuman bo‘limlari orqali hududlarga yetkazilmoqda.
1- sinf o‘quvchilariga beriladigan «Prezident sovg‘asi» tarkibida 12 turdagi o‘quv qurollari mavjud:
- o‘quvchi sumkasi
- 12 dona daftar
- rasm daftari
- akvarel bo‘yoqlari
- rangli qog‘oz
- qalamdon
- sharikli ruchka
- rangli qalam
- 2 dona oddiy qalam
- plastilin
- yelim
- 2 dona o‘chirg‘ich
«Prezident sovg‘asi» joriy yilning 25 avgustiga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining adm.maktab.uz elektron bazasiga kiritilgan bolalar soniga mos ravishda umumta’lim maktablariga yetkaziladi.











