Ta’kidlanishicha, janjal maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda 9-sinf o‘quvchisi o‘rtasida sodir bo‘lgan

Hozirda holatni huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rganmoqda.

Voqeaga nima sabab bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan.

Boshqarma o‘quvchilarga nisbatan har qanday qo‘pol munosabatni keskin qoralashini bildirgan.

Shuningdek, holat yuzasidan boshqarma tomonidan ishchi guruh tuzilib o‘rganilishi va uning natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi va’da qilingan.