Ularning so‘zlariga ko‘ra, avtoservis yonib ketgan. Keyinroq davlat OAV yong‘in 1,2 ming kvadrat metr maydonga tarqalganini xabar qildi. 

ASTRA Telegram-kanali ikki portlash ovozini eshitganini, shundan so‘ng yong‘in boshlanganini bildirgan guvohlarning so‘zlarini keltirgan. SHOT Telegram-kanali ham mahalliy aholining «gaz ballonlari portlagan» degan so‘zlarini keltiradi. 

Favqulodda xizmatlar yong‘inni o‘chirish bilan shug‘ullanmoqda. 

Domodedovo aeroporti favqulodda vaziyat joyidan 10 km uzoqlikda joylashgan. 

Avvalroq, 9 avgust kuni Sergiyev Posaddagi Zagorsk optik-mexanika zavodi hududida kuchli portlash sodir bo‘lgan, 50 dan ortiq kishi jarohatlangan edi.