Qayd etilishicha, tadbirkorlik sohasida boy berilgan foydani aniqlash bo‘yicha yangi tadqiqot turini o‘tkazish bo‘yicha uslubiyat tayyorlandi va amaliyotga joriy etildi.
Shuningdek, raqamli imzolarning haqiqiyligini aniqlash hamda go‘sht va go‘sht mahsulotlarining halolligini aniqlash nomli yangi sud ekspertiza va tadqiqot turlarini o‘tkazish bo‘yicha uslubiyotlar loyihalari ishlab chiqildi.
Keng jamoatchilik vakillarini sud ekspertizasi to‘g‘risida dastlabki tushuncha va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida “Sud ekspertizaga oid masalalar” yuzasidan elektron amaliy qo‘llanma ishlab chiqildi.
Barcha manfaatdor tashkilotlar xodimlari uchun mo‘ljallangan “Sud ballistika va izshunoslik atamalar lug‘ati” ishlab chiqildi.










