Qayd etilishicha, uy egalari tomonidan kanalizatsiya quvurini ta’mirlash maqsadida qazilgan chuqur o‘pirilgan hamda bir fuqaro tuproq ostida qolgan.
Shunga ko‘ra, zudlik bilan olib borilgan harakatlar natijasida fuqaro xavfsiz joyga olib chiqilgan hamda tez tibbiy yordam xizmati xodimlariga topshirilgan.
Ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda fuqaroning ahvoli yaxshi.














