Vazirlar Mahkamasining “Nukus yoshlar texnoparki faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasi bilan:
Nukus yoshlar texnoparki a’zolari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etish reja-grafigi, 2023 yildan boshlab o‘rnatilgan tartibda Nukus yoshlar texnoparki 3 yil muddatga uzaytirish sharti bilan Inno innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkining rezidenti maqomini berishni mavjud normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan har yili Yoshlar texnoparklari tomonidan berilgan asosli takliflarga asosan texnoparklar a’zolarini xorijiy davlatlarga stajirovkaga yuborish;
Nukus yoshlar texnoparki a’zolari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etish nazarda tutilgan.
Qayd etilishicha, qaror qabul qilinishi orqali Nukus Yoshlar texnoparkidagi barcha startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.










