E’lon qilingan hujjatda aytilishicha, Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi:

mahallalarni tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida idoralararo doimiy komissiyalar tuziladi;

mahallalarni tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish O‘zbekiston prezidentining davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari bilan kelishiladi;

mahallalarni tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish vakolati  Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga o‘tkaziladi.