Professional boksning yarim o‘rta vazn (-66,6 kg) toifasida yurishini davom ettirayotgan o‘zbekistonlik bokschi faoliyati davomida 27 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan yengilmas raqibini ochkolar bo‘yicha mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi — 120:108, 118:110, 116:112.

Natijada G‘iyosov 14-jangidagi 14-g‘alabasini qo‘lga kiritib, WBA chempionlik kamari uchun majburiy da’vogarga aylandi.