Pens Trampga qo‘yilgan ayblovlar jiddiy ekanini ta’kidladi. Shuning uchun u mamlakat sobiq prezidentini ayblanayotgan narsalar bo‘yicha oqlay olmasligini bildirdi. 

Pens ilgari Indiana gubernatori lavozimida ishlaganini, shuning uchun ham afv etish instituti bilan yaxshi tanish ekanini esladi. Sobiq vitse-prezident afv etish davlat arboblarining o‘ta muhim vakolatlaridan biri ekanini ta’kidladi. Shuning uchun, Pensning fikricha, hozir Tramp afv etilishi haqida gapirishga hali juda erta.