“Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2024 yilning yakuniga qadar davlat organlari va tashkilotlarning Axborot tizimlari va resurslarini integratsiya qilish orqali “IT-monitoring” tizimi ishlab chiqiladi va bosqichma-bosqich joriy etish ishlari amalga oshiriladi.
Bunda:
- respublikada aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda foydalaniladigan axborot tizimlari va axborot resurslaridagi to‘xtalishlar va uzilishlarni real vaqtda aniqlash hamda bartaraf etilishi nazorat qilinadi;
- elektron hukumat infratuzilmasi va elektron davlat xizmatlarining 24/7 rejimida onlayn monitoring qilinadi;
- davlat organlari, tashkilotlari va boshqa idoralarning barqaror IT-indeksini shakllantiriladi;
- elektron davlat xizmatlarini real vaqtda barqaror ishlashi va aholiga xizmatlar ko‘rsatilishi nazorat qilinadi;
- monitoring jarayonlari to‘liq avtomatlashtiriladi va mazkur jarayonda inson omili kamaytiriladi.











