Musobaqa O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi, bosh hamkor – «O‘zbekneftgaz» tomonidan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Toshkent shahar hokimiyati ko‘magida tashkil qilinmoqda.
Turnirning start-finish nuqtasi «Humo arena» majmuasining oldidagi maydonga belgilangan. Ushbu sport tadbiri ilk marotaba 2000 ga yaqin ishtirokchini birlashtiradi. Musobaqa dasturi ham kengaytirildi va unga 3 ta masofa qo‘shildi: yarim marafon – 21,1 km, chorak marafon - 10,5 km va 3 kmga yugurish. Poygalarga 07:00 da start beriladi.
«Men g‘olib» kubogini qo‘lga kiritish uchun Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Prezident Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi vakillaridan iborat 7 ta jamoa hamda kuch ishlatuvchi tuzilmalar ta’lim muassasalarining 6 ta jamoasi kurash olib boradi.











