Qayd etilishicha, poytaxtda joylashgan masjidlarda Ramazon hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan, mazkur masjidlarga tashrif buyuruvchi fuqarolarga qulaylik yaratish, yo‘llarda paydo bo‘ladigan tirbandliklar oldini olish hamda Ramazon hayiti bayramida sifatli, xavfsiz jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish maqsadida maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etilmoqda.
Mazkur avtobus yo‘nalishlari soat 04:00 dan 07:00 ga qadar harakatlangan holda fuqarolarning masjidlarga kelib ketishlari uchun xizmat ko‘rsatadi.
Transport vazirligi Ramazon hayiti namoziga tashrif buyurishda ushbu avtobuslardan foydalanishni tavsiya qilgan.











