Psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi psixologi Feruza Inog‘omovaga ko‘ra, voyaga yetmagan o‘quvchilar hayotiga daxldor noxush holatlarning keng yoritilishi ularning ruhiyatiga aks ta’sir ko‘rsatadi va bu ilmiy jihatdan  asoslangan.

Psixolog voyaga yetmaganlar o‘rtasida yuz berayotgan qaltis vaziyatlar, huquqbuzarlik, jinoyatchilik, o‘z joniga qasd qilish kabi salbiy holatlarni yoritishda e’tiborliroq bo‘lish kerakligini qayd etgan.

Shuningdek, mutaxassis o‘tish davridagi yigit-qizlarni har tomonlama eshitish kerakligini, ota-onalar ham ularga eng yaqin do‘st bo‘lishga harakat qilishi lozimligini ta’kidlagan.