O‘zbekistonda so‘nggi 100 yilda Navro‘z bayrami (fotojamlanma)
|18:44 / 21.03.202339 9605 min
O‘zbekiston hududida azaldan nishonlanib kelgan Navro‘z 1980-yillarda butunlay taqiqlanadi. Ungacha va undan keyin o‘zbeklar Navro‘zni qanday nishonlashgan? Kun.uz oxirgi 1 asrda o‘zbek xalqi Navro‘z va boshqa bayramlarni qanday o‘tkazgani haqidagi fotojamlanmani taqdim qiladi.
Ko‘pgina sharq mamlakatlari, Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan O‘zbekiston hududida ham yashagan xalqlar azaldan bahorning kelishini, tabiat uyg‘onishini nishonlab kelishgan. Bayram sifatida esa bahorgi tun va kun uzunligi tenglashadigan kunni 20,21 ba’zi joylarda 22 mart kunini tanlashgan.
Navro‘zni nishonlayotgan bolalar. Samarqand. 19-asr.Arqon ustida tomosha ko‘rsatayotgan dorboz. Xiva. 1890 yil/ Foto: fransuz fotografi M. HordeQo‘chqor urishtirish musobaqasi. Xiva. 20 asrning boshi/ Foto: Xudoybergan DevonovTomoshaga kelgan odamlar. Toshkent. 1928 yil/ Foto: O‘zArxiv
Qadim zamonlardanboshlab Ozarboyjon, O‘zbekiston, Eron, Afg‘oniston, Tojikiston va yana ko‘plab sharqiy o‘lkalarda bahorning — yangi yilning kelishini bayramlar bilan qarshi olishadi. Martning 21-sanasi Eron va Afg‘onistonda rasmiy taqvimning dastlabki birinchi kuni hisoblanadi. 2009 yil 30 sentabrda Navro‘z YuNeSKO tarafidan nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan, 2010 yil 23 fevralda esa BMT Bosh Assambleyasining 64-sessiyasida 21 mart “Xalqaro Navro‘z Kuni” deb e’lon qilingan.
Navro‘z sovet davrida O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa qismlarida ochiq nishonlanmagan. Bir necha ming yillik tarixga ega bu bayram O‘zbekistonda ayniqsa 1980-yillarga kelib rasman taqiqlangani haqida ma’lumotlar bor. Ayrim tarixchilar bunga sababni aynan shu davrda milliylik tuyg‘usining kuchayishi bilan bog‘lashadi. Sobiq sovet davlatlarida Navro‘z o‘rniga 8 mart, qo‘shiqlarga atalgan bayramlar, “Mening shahrim kuni” kabilar nishonlagan.
Qo‘shiq bayrami. Toshkent. 1954/ Foto: O‘zArxivQo‘shiq bayrami. Toshkent. 1954/ Foto: O‘zArxivOstrovskiy nomidagi Pionerlar saroyi va Stalin nomidagi Pionerlar saroyi badiiy havaskorlik jamoalarining chiqishlari. Toshkent. 1955/Foto: O‘zArxivOstrovskiy nomidagi Pionerlar saroyi va Stalin nomidagi Pionerlar saroyi badiiy havaskorlik jamoalarining chiqishlari. Toshkent. 1955/Foto: O‘zArxiv“Paxtakor” stadionida Toshkent estrada festivali. Lenin eski Fordda (SSSR xalq artisti Shukur Burhonov). Toshkent. 1959 yil. Foto: O‘zArxivBayram qilib o‘ynagan yoshlar. Toshkent. 1964. Foto: O‘zArxiv
Qo‘shiq festivali. Namangan viloyatining xalq cholg‘u asboblari orkestri, havaskorlar chiqishlari ishtirokchilari chiqish qiladi. Namangan. 1965 yil. Foto: O‘zArxiv“Qiz-Qurman” o‘yinidagi musobaqa ishtirokchilari. Toshkent. 1970 yil. Foto: O‘zArxivAyoz ota va Qorqiz Andijondagi Jomiy madrasasi maydonida. Andijon. 1971 yil. Foto: O‘zArxivXo‘ja Nasriddin, “Mening shahrim kuni” bayrami. Namangan. 1986 yil. Foto: O‘zArxivA.Navoiy nomidagi teatr oldidagi ochiq maydoni, “Mening shahrim kuni” bayrami. Toshkent. 1986 yil. Foto: O‘zArxivNavro‘z bayramida kuylayotgan “Yalla” davlat vokal-cholg‘u ansambli. Toshkent. 1990 yil. Foto: O‘zArxiv
Mustaqillikdan keyin esa Navro‘z davlat miqyosida keng nishonlandi. 1991 yildan keyin Navro‘z umumxalq bayrami darajasiga ko‘tarildi.
Navro‘zda to‘y. Surxondaryo. 1993 yil. Foto: O‘zArxivNavro‘zda sumalak. Surxondaryo. 1993 yil. Foto: O‘zArxivXalqlar do‘stligi saroyida umumxalq “Navro‘z” bayrami qatnashchilari. Toshkent. 1994 yil. Foto: O‘zArxivNukus shahri aholisi Navro‘z bayramiga tayyorlanyapti. Qoraqalpog‘iston. 1995 yil. Foto: O‘zArxiv
Navro‘z bayrami kunlarida Toshkent shaxridagi O‘zbekiston mehmonxonasining tashqi ko‘rinishi. Toshkent. 1998 yil. Foto: O‘zArxiv
Suratlar O‘zArxiv agentligi tarkibidagi “Kinofotofono” hujjatlar arxividan olindi.
Fotolardan foydalanilganda Kun.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.
— Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifoda qilmasligi mumkin.
— Tahririyat bu mavzu bo‘yicha ikkinchi tomonning fikrlariga ham minbar berishga tayyor