Ayni paytda, Lviv viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Maksim Kozitskiy o‘qqa tutilish xavfi haqida ma’lum qildi va mintaqa aholisini boshpanalarda qolishga chaqirdi. Kremenchuk shahri meri Vitaliy Maletskiy ham portlashlar va raketa xavfi ortgani haqida xabar berdi.
Shu bilan birga, Rossiya ommaviy axborot vositalari fuqarolarni ogohlantirish bo‘yicha rasmiy manbaga tayanib yozishicha, mahalliy vaqt bilan taxminan soat 02:40 da Kiyev shahri, Kiyev, Sumi, Poltava, Xarkiv, Cherkassk, Kirovograd, Mikolayiv, Odessa, Dnipropetrovsk viloyatlari, shuningdek, Ukraina tomonidan nazorat qilinadigan Xerson, Zaporijjya viloyatlari, «DXR» va «LXR» hududlarida trevoga e’lon qilingan.
Mahalliy vaqt bilan soat 03:00 ga kelib trevoga butun Ukraina hududiga tarqaldi.












