Joriy yil 11 yanvar kuni Kobul shahrida Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi binosi yaqinida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoralaymiz. Ushbu qabih harakat ko‘plab insonlar, asosan, tashqi siyosat idorasi xodimlari orasida qurbonlarga sabab bo‘ldi, - deyiladi O‘zbekiston TIV bayonotida.

"Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz”, deya yakunlangan bayonot.