Samarqand viloyati Ishtixon tumanida Damas urib yuborgan ikki kishi vafot etgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa 2023 yil 3 yanvar kuni soat 22:30 larda M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi avtomobil yo‘lining Ishtixon tumani hududidan o‘tgan 51-kilometrida sodir bo‘lgan.

Damas mashinasi tartibga solinmagan piyodalar yo‘lakchasi oldida yo‘lni kesib o‘tish uchun turgan ikki kishini urib yuborgan.

Oqibatda og‘ir tan jarohati olgan ikkala piyoda shifoxonada vafot etgan.