“Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

Qonunga ko‘ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rieltorlik sohasidagi vakolatli davlat organidir.

Rieltorlarni o‘qitish dasturidan o‘tgan va rieltorlarning malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorga professional jamoat birlashmasi tomonidan shtrix kodli rieltorlarning malaka sertifikati beriladi.

Rieltor rieltorlarning malaka sertifikatiga ega bo‘lishi lozimligi belgilandi.

Rieltorlik tashkiloti va ko‘chmas mulk bo‘yicha agent o‘zi haqidagi ma’lumotlar Yagona reyestrga kiritilgan sanadan e’tiboran rieltorlik faoliyatini amalga oshirishga haqli bo‘ladi.

Rieltorlik faoliyati quyidagi turlardagi rieltorlik xizmatlarini ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi:

ko‘chmas mulk ob’yektlariga va ularga bo‘lgan huquqlarga doir bitimlarni tuzishga doir vositachilik;

ko‘chmas mulk ob’yektlari va ularga bo‘lgan huquqlarning savdosini tashkil etish;

ko‘chmas mulk ob’yektlarini ishonchli boshqarish;

ko‘chmas mulk bozorida axborot, maslahat va reklama xizmatlarini ko‘rsatish.