Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Soliq qo‘mitasi hamkorligida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Tekshiruvda 6 ta MChJ mas’ul shaxslari va boshqalar 32,6 mlrd so‘mlik qo‘shilgan qiymat solig‘ini byudjyetdan qaytarib olib, 195,9 mlrd so‘mlik mahsulotlarni naqd pulga sotishganligi aniqlandi.

Ular savdodan tushgan pullarni bankka topshirmasdan 42,5 mlrd so‘mlik soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashgan.

Shuningdek, tekshiruvda Toshkent viloyati soliq boshqarmasi mas’ul shaxslari tomonidan mazkur MChJlarda o‘tkazilgan audit tekshiruvlarida tekshiruv dalolatnomalarini 5,2 mlrd so‘m soliqlarni hisoblamasdan rasmiylashtirganliklari natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.