Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) 17 ta vazn toifasi bo‘yicha milliy jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra O‘zbekiston boks milliy jamoasi 37600 ochko bilan 2-o‘rinda qayd etildi.

Reytingda 48100 ochko bilan Qozog‘iston milliy jamoasi peshqadamlik qilmoqda. Uchinchi o‘rinda 36300 ochko bilan Hindiston milliy jamoasi qayd etilgan.

Top-10 IBA milliy jamoalar reytingi:

  1. Qozog‘iston (48100 ochko)
  2. O‘zbekiston (37600)
  3. Hindiston (36300)
  4. AQSh (34950)
  5. Turkiya (31650)
  6. Meksika (31450)
  7. Braziliya (30050)
  8. Jazoir (28100)
  9. Kuba (27900)
  10. Irlandiya (24750)