“Yangi darsliklarni chop etish jarayoni ochiq va shaffof bo‘ladi. Zamonaviy darsliklarni yaratishda budjetdan mablag‘ sarflanmagan. Ular sinovdan o‘tsa, davlatga bepul beriladi. Darslik yaratish qiyin va qimmat jarayon. Ammo yangi darsliklar uchun budjet mablag‘i sarflanmadi”, — deya ma’lum qildi Usmon Sharifxo‘jayev.

Shavkat Mirziyoyev 29 dekabr kuni “Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir!” mavzusidagi zamonaviy darsliklar ko‘rgazmasi bilan tanishgandi.

Prezidentga taqdimot qilingan yangi avlod darsliklari orqali o‘quvchilar nafaqat fanlarni, balki XXI asrda zarur bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalarni ham o‘rganadi.