«Bu yil “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi yangi Qonunni qabul qildik.
Bundan buyon davlat lavozimlariga faqat tanlov asosida ishga qabul qilinadi. Barcha rahbarlar faoliyati samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholab boriladi.
Har yili 500 nafar mutaxassisni eng nufuzli xorijiy oliygoh va markazlarda o‘qitib kelamiz. Kelasi ikki yilda har bir tuman va shahar hokimligiga respublika idoralarida yuqori lavozimlarda ishlagan, bilimli va tajribali kadrlar qo‘yiladi.
Yangi yildan boshlab har bir hokim o‘z tumaniga 40-50 million dollar xususiy investitsiyalarni olib kelishi kerak bo‘ladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
«Bundan buyon davlat lavozimlariga faqat tanlov asosida ishga qabul qilinadi» - Prezident
16:51 / 20.12.20224 5431 min
Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi bo‘lib o‘tyapti.











