"Turkmaniston – turkiy dunyoning ajralmas qismi. U Markaziy Osiyoda ham muhim o‘ringa ega bo‘lgan davlat. Bu davlatni ham tashkilotning to‘laqonli a’zosi sifatida ko‘rishni istaymiz. Tashkilot bosh kotibi (Bog‘dod Amreyev – tahr.) ham Turkmaniston rahbariga o‘zining fikrlarini bildirib o‘tgan.
Istanbul sammitida Turkmaniston kuzatuvchi davlat maqomiga ega bo‘ldi. Yaqin kunlarda to‘laqonli kuzatuvchi sifatida ko‘rishga umid qilib qolamiz. Lekin haligacha Turkmaniston tomondan rasmiy murojaat kelib tushgani yo‘q. Bu tashkilotga nisbatan ularda qiziqish yuqori", – dedi Bosh kotib o‘rinbosari jurnalistning shu mavzudagi savoliga javoban.
Intervyuni to‘liq holda quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.












