Dekabr oyida yo‘lga qo‘yilayotgan Abu Dabi – Samarqand aviaqatnovida BAA OAV vakillari uchun infotur tashkil qilish va keyingi bosqichda O‘zbekiston OAV vakillarini Abu-Dabiga tanishuv safarini uyushtirishga kelishib olindi.
Saud Abdulaziz Al-Hosani, o‘z navbatida, “Etihad Airways” aviakompaniyasining O‘zbekiston bozoriga kirish imkoniyatlari o‘rganib chiqilishini bildirdi.
Suhbat chog‘ida har yili an’anaviy bo‘lib o‘tadigan Shayx Zoid festivalida o‘zbekistonlik hunarmandlar va boshqa soha vakillari muntazam ishtirok etayotgani ta’kidlanib, joriy yil 18 noyabr kuni ochilishi kutilayotgan navbatdagi anjuman doirasida qo‘shma tadbirlar tashkil etish masalasi muhokama qilindi.











