Birlashgan Arab Amirliklarining Etihad Airways aviakompaniyasi 17 avgustdan boshlab Toshkent – Abu Dabi – Toshkent yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev hamda “Etihad Airways” aviakompaniyasi bosh operatsion direktori Majid Al-Marzuqiy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ushbu kelishuvga erishildi.
Etihad Airways - Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabida joylashgan milliy aviakompaniyasi. 2026 yilda u eng yuqori Seven-Star PLUS reytingiga ega bo‘lgan dunyodagi eng xavfsiz aviakompaniya sifatida tan olingan. Flot 130 ga yaqin samolyotdan iborat bo‘lib, tarmoq 110 dan ortiq yo‘nalishni o‘z ichiga oladi.













