Qayd etilishicha, bunda lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha haq xodimning faoliyati natijalari asosida quyidagicha o‘rnatilishi mumkin:
yoshlarni tarbiyalashga oid ishlangan ilmiy-metodik qo‘llanma, ilmiy-tahliliy uslublar uchun – 30 foizgacha;
ta’lim va tarbiya sohasida ilmiy maqola nashr qilganligi uchun: milliy ilmiy jurnallardagi nashr uchun – 15 foizgacha; xalqaro jurnallardagi har bir maqola uchun – 30 foizgacha belgilanadi.
Lavozim maoshiga bir martalik qo‘shimcha haq erishilgan natijalardan kelib chiqib yoki zarur shartlar bajarilganda belgilanadi.
Fan olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagani uchun: tuman va viloyat miqyosdagi natijalar uchun 15 foizgacha; respublika miqyosdagi natijalar uchun 20 foizgacha; xalqaro miqyosdagi natijalar uchun 30 foizgacha; zamonaviy o‘quv-ko‘rgazmalarni yaratganligi uchun 10 foizgacha; noan’anaviy yo‘nalishdagi o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilgani uchun 30 foizgacha; o‘quvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga qo‘shgan hissasi uchun 20 foizgacha.











