Bu haqda yevropalik siyosatchi Twitter'da ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 28 oktyabr kuni u O‘zbekistonga tashrif buyurib, prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishni rejalashtirgan.
Bundan tashqari, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 26-27 oktabr kunlari Sharl Mishel Ostonada bo‘ladi.
«YeI Markaziy Osiyo bilan aloqalarni chuqurlashtirishga va mintaqaviy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga tayyor», - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil avgust oyida Shavkat Mirziyoyev va Sharl Mishel Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilgan edi.











