Xabarda aytilishicha, noma’lum mashina Zelenskiyning kortejiga borib urilgan. Hodisa oqibatida Zelenskiy ketayotgan avtomobil va qo‘riqchilar mashinasi zararlangan. Ukraina prezidentini tibbiyot xodimlari tekshirgan va unda jiddiy jarohat aniqlanmagan.

Prezidentning haydovchisi shifokorlar ko‘rigidan keyin shifoxonaga olib ketilgan.

Nikiforovning aytishicha, Ukraina huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hodisa qanday sodir bo‘lgani yuzasidan surishtiruv o‘tkazmoqda.

Yo‘l-transport hodisasi haqidagi xabardan ko‘p o‘tmay Ukraina prezidenti doimgidek ukrainaliklarga murojaat qildi. Bu galgi murojaatida Zelenskiy rus tilida ham gapirib, rossiyalik askarlarga omon qolishning yagona yo‘li Ukraina armiyasiga asir tushish ekanini aytdi.